Platforma

O'qishdan klinik amaliyotgacha — bitta platformada.

Har bir modul boshqasiga bog'langan: dars 3D modelga, test klinik keysga, keys esa reytingga va profilingizga olib boradi.

AI virtual bemor

Haqiqiy qabul kabi: anamnezdan rejagacha

Bemorning yashirin ssenariysi bor. Siz savol berasiz, ko'rik va tahlillarni buyurasiz, tashxis va davolash rejasini yozasiz — AI protokolga muvofiqlikni va o'tkazib yuborilgan red flaglarni baholaydi.

  • Erkin matnli suhbat — anamnezni o'zingiz yig'asiz
  • Har bir ortiqcha yoki o'tkazib yuborilgan tekshiruv baholanadi
  • Feedback: ball, kuchli tomonlar, xatolar va manba
Keyslarga o'tish
MedIQ ilovasi ekrani: Haqiqiy qabul kabi: anamnezdan rejagacha

3D interaktiv atlas

Real anatomik modellar — qatlam-qatlam

Kichik chanoq a'zolari, skelet, mushaklar, tomirlar va nervlar: tuzilmani aylantiring, qatlamlarni oching, nomlarini to'rt tilda o'rganing va bilimingizni sinab ko'ring.

  • 360° aylantirish va qatlamlarni ajratish
  • Lotincha, o'zbekcha, ruscha va inglizcha nomlar
  • Darslar va keyslardan to'g'ridan-to'g'ri havolalar
Atlasni ochish
MedIQ ilovasi ekrani: Real anatomik modellar — qatlam-qatlam

O'quv yo'li

Bosqichma-bosqich modullar — anatomiyadan ginekologiyagacha

Har bir dars 3D model, test savollari va klinik keysga bog'langan. Oliygohingiz va kursingizga mos yo'nalishlar birinchi o'rinda turadi.

  • Fundamental va klinik fanlar, ixtisoslik modullari
  • Darsdan keyin darhol test va keys
  • Yakunlangan yo'nalish uchun sertifikat (PRO)
O'quv yo'li
MedIQ ilovasi ekrani: Bosqichma-bosqich modullar — anatomiyadan ginekologiyagacha

Adaptiv testlar

Kuchsiz mavzularni topadi va mustahkamlaydi

Savollar natijangizga moslashadi, interval takrorlash unutilayotgan mavzuni o'z vaqtida qaytaradi, imtihon simulyatsiyasi esa IFOM/USMLE formatini mashq qildiradi.

  • Adaptiv sessiya: 10 ta savol, qiyinlik darajangizga mos
  • Interval takrorlash va xato savollar kartochkalari
  • Imtihon simulyatsiyasi: 40 ta savol, 60 daqiqa
Mashqni boshlash
MedIQ ilovasi ekrani: Kuchsiz mavzularni topadi va mustahkamlaydi

OSCE stansiyalari

Ovozli imtihon — real stansiya kabi

Eshik oldidagi topshiriq, bemor bilan 8 daqiqalik suhbat, imtihonchi savollari va rasmiy cheklist bo'yicha baho.

  • Anamnez yig'ish, maslahat berish, rozilik olish, natijalarni talqin qilish
  • Ovozli yoki matnli suhbat
  • Cheklist, global baho va batafsil fikr-mulohaza
OSCE stansiyalari
MedIQ ilovasi ekrani: Ovozli imtihon — real stansiya kabi

AI Mentor

Manbali javoblar — klinik qo'llanmalardan

Mentor savolingizga mos qo'llanma parchalarini topadi, faqat ularga tayanib javob beradi va har bir fikrni havola bilan belgilaydi.

  • WHO, ACOG, CDC, ESHRE, RCOG va boshqa qo'llanmalar
  • Har bir fikr — [1] kabi havola bilan, asl parchani ochish mumkin
  • Ta'limiy maqsadda; real bemor uchun klinik qaror emas
Mentorga savol berish
MedIQ ilovasi ekrani: Manbali javoblar — klinik qo'llanmalardan

MedIQ Arena

Haftalik olimpiadalar va reyting

Haftalik va oylik klinik keys olimpiadalari, klinikalar homiyligidagi turnirlar va respublika olimpiadasi. Natijalar reytingga va profilingizga tushadi.

  • Vaziyatli test savollari va virtual bemor keyslari
  • Umumiy «Top 100» reyting va XP
  • Sovrindorlarga sertifikat
Arenaga o'tish
MedIQ ilovasi ekrani: Haftalik olimpiadalar va reyting

Karyera

Tasdiqlangan profil — klinikalar uchun portfolio

Keyslar, testlar va olimpiadalardagi natijalaringiz avtomatik hisoblanadi. Klinikalar stajirovka va vakansiyalarga shu natijalar bo'yicha taklif qiladi.

  • Stajirovka, assistentlik, ordinatura va ish o'rinlari
  • QR orqali tekshiriladigan sertifikatlar
  • Ochiq profil va bir tugma bilan CV
Karyera markazi
MedIQ ilovasi ekrani: Tasdiqlangan profil — klinikalar uchun portfolio

MedIQ nima qila olishini ko'ring.Bugun.